Orqaga nazar tashlang. Oldinga nazar tashlang.
Mozilla ochiqlik, innovatsiya va internet imkoniyatlarini shakllantirish uchun mavjud.
Bizning kimligimiz, eng katta yutuqlarimiz va bosqichlarimizga yaqindan qarang.
-
01
Mozilla loyihasi Netscape brauzerini foydalanuvchilarga taklif qilish va internetda innovatsiyalarni amalga oshirish uchun 1998-yil 31-martda ishga tushirgandi.
-
02
Faxr bilan aytishimiz mumkinki, Mozilla "Firefox"ga o‘xshagan dasturlarni unternet imkoniyatlarini butun dunyodagi foydalanuvchilar qo‘llarida saqlash maqsadida yaratadi.
-
03
10 mingdan ortiq hissa qo‘shuvchilar 2004-yil Firefox 1.0 ishga tushirilgan kunda The New York Timesdagi to‘liq reklama uchun pul to‘lash bilan bizning maqsadimizni qo‘llab-quvvatlab, o‘z yordamlarini berishdi.
-
04
Bugun Mozillaning hissa qo‘shuvchilari har bir materikda bor. Hatto Antarktikada ham (U yerda Firefox’dan 80% odam foydalanadi).
-
05
Firefox qo‘shimcha dasturlari moslash va internet imkoniyatlarini boshqarish imkonini beradi. Ulardan 4 millionga yaqini foydalanuvchilar tomonidan yuklab olingan.
-
06
Mozilla "Kuzatmang" va "Lightbeam" kabi brauzer innovatsiyalari yordamida onlayn xavfsizlik bo‘yicha sardorlik qiladi. Ushbu dasturlar foydalanuvchilarga shaxsiy ma’lumotlarini boshqarishga imkon beradi.
-
07
Bizning xalqaro jamiyatimiz "Firefox"ni 70 ga yaqin tilga tarjima qilishga yordam berdi. Bu esa brauzerni dunyoning 90% aholisi foydalanishiga imkon berdi.
-
08
2008-yili 8,002,530 nafar odam bir kunda Gennesning "Rekordlar" kitobiga "24 soatda eng ko‘p yuklab olingan dasturiy ilova" sifatida rekord o‘rnatish uchun "Firefox"ni tanlashdi.
-
09
Mozilla festivali Internetning to‘liq potensiali va kuchini tushunish uchun yuzlab ijodiy aqllarni bilan birga o‘tkaziladigan bizning eng yirik yillik tadbirimiz hisoblanadi.
-
10
Mozilla vebmeyker odamlarning o‘zlarining onlayn hayotlarini yuqori darajada boshqarishlariga yordam berish uchun asboblar va loyihalarni taqdim qilib, veb-savodli sayyorani yaratish uchun ishlashadi.
-
11
Android uchun Firefox kompyuterdagi imkoniyatlarni telefonlarga va planshetlarga olib keladi. Google Play’da mavjud, u 80 million martadan ko‘proq yuklab olingan.
-
12
Mozilla dasturchilar tarmog‘i har oyda 2 milliondan ko‘proq odamlarga mavjud bo‘lgan eng zo‘r hujjatlar, qo‘llanmalar va asboblarni ta’minlovchi dasturchilar jamiyati veb-resursi hisoblanadi.
-
13
Mozilla vebsahifalarni hammaning qiziqishi uchun umumiy manba sifatida bo‘lishishni saqlash va g‘amxo‘rlik qilish uchun ishlaydi.
-
14
2013-yilda Mozilla internetning butun kuchini smartfonlarda ochish va internetda kezuvchi yangi odamlar avlodiga boshqarish va tanlash imkonini yana bir bor taklif qilish uchun "Firefox OS"ni ishga tushirdi.
-
15
Mozilla internet ochiq va barcha kira oladigan bo‘lib qolishiga ishonuvchi 10 minglab hissa qo‘shuvchilarga rahmat aytish imkonini yaratdi.